Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a shahrida istiqomat qiluvchi bola o‘z do‘stini pichoqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Vestnik Kavkaza”.
Shahar markazidagi ko‘chalardan birida sodir bo‘lgan voqea joyiga tezda politsiya xodimlari yetib keldi. Hujum qilgan shaxs hibsga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, gumondor shaxs do‘stiga ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xavfli “Ko‘k kit” o‘yinida berilgan aniq ko‘rsatmaga asosan pichoq bilan hujum qilgan.
Jabrlangan bola mahalliy kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida og‘ir ahvolda yotibdi.
Mavzuga doir: Qozog‘istonda bolalarni “o‘lim guruhlari”ga jalb etish bilan bog‘liq 63 holat aniqlandi
Izoh (0)