O‘zbekiston Prezidenti qarori (pdf)ga muvofiq, Toshkent shahrida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mikrokreditlashning yangi sxemasi tajriba sifatida joriy etiladi, deb yozadi Norma.
Quyidagilar mikrokreditlash uchun qamrab olinadigan shaxslar orasida ustuvor kontingentlar hisoblanadi:
- o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari;
- muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar;
- mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar;
- oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan aholi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tavsiyanomalari bo‘yicha ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa shaxslar.
- mikrokredit summasi — eng kam ish haqi miqdorining 200 barobarigacha;
- asosiy qarzni to‘lashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olganda uch yilgacha muddatga;
- yillik foiz stavkasi miqdorlari: bitta ish joyi yaratilganda — 9 foiz, ikkita ish joyi — 8 foiz, uchtadan to‘rttagacha ish joylari — 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratilganda — 6 foiz miqdorda.
Izoh (0)