Angliya Premyer-ligasining 25-turi bugun — 13-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Bornmut” — “Manchester Siti” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.
Kecha — 12-fevral kuni mazkur tur doirasidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Birida mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikkinchisida navbatdagi chempionlik uchun yaqinlashib kelayotgan “Chelsi” ikki ochko yo‘qotdi.Safarda “Byornli”ga qarshi kurash olib borgan London klubi g‘alabani saqlab qola olmadi. Tomonlarning “Chelsi” maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinida “aristokratlar” 3:0 hisobida zafar quchgandi. Bu safar Antonio Konte jamoasi raqib postiga bir martadan ortiq gol ura olmadi.Klaudio Ranyeri boshchilik qilayotgan “Lester” esa navbatdagi mag‘lubiyati bilan xavfli zonaga tushib ketdi. Endilikda quyi uch o‘rinda borayotgan uch klubning istalgan biri kelasi turda “tulkilar”dan o‘zib ketish imkoniyatni qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, “Lester” so‘nggi bor 17-dekabr kuni “Stok Siti” darvozasiga gol urgandi. Shundan keyin bo‘lib o‘tgan sakkiz uchrashuvda “Lester” gol ura olmadi. Shularning yettitasida imkoniyatni boy berdi.
Angliya Premyer-ligasi 25-tur 12-fevral, yakshanba
Izoh (0)