Kecha — 10-fevral kuni Malayziya Premyer-ligasida 4-tur uchrashuvlari start oldi va o‘zbekistonlik futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan jamoalar maydonga tushdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Lutfulla To‘rayev to‘p surayotgan “Terengganu” klubi uchinchi o‘yinida uchinchi g‘alabasiga erishib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Negeri Simbilan” klubi ham uch o‘yinda yuz foizlik natija qayd etib turibdi.
Bobur Akbarov to‘p surayotgan “Kuala Lumpur” futbol klubi mag‘lubiyat alamini totib ulgurmagan bo‘lsa-da, to‘rt o‘yinning teng yarmida 2 tadan ochko yo‘qotdi. Shu boisdan klub kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Qayd etish kerak, Malayziya Super ligasiga ikki jamoa yo‘l oladi.
Pavel Smolyachenko, Sirojiddin Rahmatullayev, Iqbol Boboxonov kabi o‘zbekistonlik futbolchilar harakat qiladigan “ATM” klubi 4-turni yirik g‘alaba bilan yakunladi. Uchrashuvda Smolyachenko o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi.
Mazkur g‘alaba “ATM” klubini To‘rayev va Akbarov jamoalaridan keyingi pog‘onaga olib chiqdi.
Malayziya Premyer-ligasi 4-tur 10-fevral, juma“Terengganu” — “Kuantan” 2:0
Gollar: Issey Nakajima Farran, 48 (1:0). Latif Suhayimiy, 63 (2:0).“Saboh” — “ATM” 2:5
Gollar: Pavel Smolyachenko, 3 (0:1). Mohd Rafizol Roslan, 13 (0:2). Joanat Behe, 27 (1:2). Ravilson Batuil, 51 (2:2). Pavel Smolyachenko, 77 (2:3). Mohd Rafizol Roslan, 86 (2:4). Pavel Smolyachenko, 90+2 (2:5).“PKNP” — “Kuala Lumpur” 0:0
Ma’lumot uchun, Malayziya Super ligasida to‘p surayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi — Farhod Tojiyev va Dilshod Rahmatullayev bugun — 11-fevral kuni maydonga tushadi. 7-o‘rinni egallab turgan “T-Tim” 10-pog‘onada borayotgan jamoa uyida mehmon bo‘ladi.
Izoh (0)