Welcome to Uzbekistan. Toshkentning “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari Osiyo Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumida ishtirok etishi xabar qilingandi.
“Temiryo‘lchilar” o‘z guruhida Amirliklarning “Al-Ahli”, Saudiyaning “At-Tavon” hamda Tehron shahrining “Istiqlol” klublariga qarshi kurash olib boradi. “Qaldirg‘ochlar”ga esa Saudiyaning “Al-Ahli”, Eronning “Zob Ahon” hamda Amirliklarning “Al-Ayn” klublari raqiblik qiladi.
“Championat.asia” nashri O‘zbekiston klublariga raqiblik qiladigan va Toshkentga tashrif buyuradigan jamoalar tarkibiga nazar solib, mashhur futbolchilarni yig‘ib chiqdi. Katta ehtimol bilan ular poytaxtga tashrif buyuradi.
“Istiqlol” (Eron)
Mehdi Rahmati (Eron)Leandro Padovani (Braziliya)
“Zob Ahon” (Eron)
Jerri Bengston (Gonduras)“Al-Ahli” (BAA)
Everton Ribeyro (Braziliya)Asamoa Gyan (Gana)
Ahmad Halil (BAA)
Makete Diop (Senegal)
“Al-Ayn” (BAA)
Kayo (Braziliya)Danilo Asprilya (Kolumbiya)
Nosir Ash-Shamroni (Saudiya)
Umar Abdulrahmon (BAA)
“At-Tavon” (Saudiya)
Rikardo Machado (Portugaliya)Lusian Sanmarten (Ruminiya)
Alassan N’Diay (Fransiya)
“Al-Ahli” (Saudiya)
Taysar Al-Jassim (Saudiya)Yannis Fetfatsidis (Gresiya)
Umar As-Soma (Suriya)
Izoh (0)