Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Uchtepa qishlog‘ida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlariga ega bitta bir qavatli uyda 42 ta oilaning yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Yangi uylar qishloq fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. “Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.

2017-yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 908 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Jizzax shahrida 210 xonadonga mo‘ljallangan 5 ta 7 qavatli uy, 2 ta “Kamolot” uyi bunyod etiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi