Rossiyaning Yekaterinburg shahridan Gruziya poytaxti Tbilisiga yo‘l olgan “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi samolyoti bortida yo‘lovchi olamdan o‘tdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“6-fevral, dushanba kuni kechki payt Yekaterinburg — Tbilisi yo‘nalishidagi reysni amalga oshirayotgan samolyot pasayishidan avval salomatligi cheklangan yo‘lovchining hamrohi unda nafas va tomir urishi alomatlari sezilmayotganini xabar qildi. Tbilisiga yetib kelinganidan so‘ng shifokorlar yo‘lovchining o‘limini qayd etdi”, — deya xabar berdi matbuot xizmati.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Ural transportdagi tergov boshqarmasi yuz bergan hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)