O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1-fevraldan 1-martgacha bo‘lgan muddat “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi” deb e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
IIV matbuot markazidan ma’lum qilinishicha, oylik davomida O‘zbekistondagi barcha ta’lim dargohlari, yoshlar faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ana shunday profilaktika tadbirlaridan biri poytaxtdagi Yashnobod politexnika kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tayyorlangan “Giyohvandlik – umr zavoli” videofilmi, “O‘z yo‘lingni tanla”, “Buyuk yurtning barkamol avlodlari”, “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” kabi sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan ko‘rgazmali vositalar namoyish etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)