Ispaniya La ligasining 21-turiga kelib chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” futbolchilari 2 ochko yo‘qotdi. Kunning markaziy o‘yinida “Vilyarreal”ni qabul qilgan Xorxe Sampaoli shogirdlari 0:0 hisobiga imzo chekdi.
Uchrashuvning 48-daqiqasiga kelib mezbonlar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu vazifani Samir Nasri o‘z gardaniga oldi. Biroq fransiyalik futbolchi “Vilyarreal” posboni Serxio Asenxo bilan duelda yengildi. Darvozabon zarbani bartaraf eta oldi.Mazkur turda “Atletik”ni qabul qilgan “Barselona” yirik g‘alabaga erishgandi. Shundan kelib chiqib, Kataloniya klubi “Sevilya”dan 2 ochko oldinga o‘tib oldi. “Qirollik klubi”dan esa 1 ochko kamroq jamg‘arilgan.
Ma’lumot uchun, Madridning “Real” klubida 2 ta zaxira o‘yini bor. Kecha — 5-fevral kuni Zidan jamoasi “Selta”ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Biroq Ispaniyadagi ob-havo sabab 21-turning 2 ta o‘yini qoldirildi. Jumladan “Real”niki ham.
Ispaniya La ligasi 21-tur 5-fevral, yakshanba
Izoh (0)