O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“6—12-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
Avvalroq, 3-fevral kuni Qamchiqda yuz bergan ikki qor ko‘chkisi sabab, dovon bo‘ylab transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)