Toshkentning Yashnobod tumanida 6-fevral, dushanba kuni 49-yo‘nalish (TTZ—metroning “Do‘stlik” bekati) bo‘yicha harakatlanatayotgan Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”
Aviasozlar ko‘chasida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobus g‘ildiragi ariqqa tushib ketib, yonboshiga ag‘darildi. Avariya fotosi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan tarmoqqa joylashtirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmadi. Yuz bergan holatga yo‘lning muzlab qolgani sabab bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)