Ukrainaning “Sumi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi” OAJ va “Muborakneftgaz” MChJ “Ko‘kdumaloq” siquvchi kompressor stansiyasining uchta qismida qo‘llaniladigan kompressorlar uchun 9 ta ishchi g‘ildiraklari va 4 ta rotor ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
“Sumi IIB” OAJ menejeri Andrey Melnik ushbu tarkibiy qismlar buyurtmachining obyektlarida korxonalarni rejali yangilash doirasida zarur ekanligini ta’kidladi.
“Sumi IIB” OAJ uskunalarni O‘zbekistonga 2017-yil martida yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)