Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Avstraliya huquq-tartibot idoralari yaxtada o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida rekord miqdordagi — 1,4 tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Maxsus operatsiya o‘tgan hafta tungi payt sodir bo‘ldi. Uning doirasida 6 kishi, jumladan, 5 nafar avstraliyalik qo‘lga olindi. Ularga narkotiklar kontrabandasini amalga oshirish maqsadida til biriktirishda ayblov e’lon qilindi. Ayblanuvchilar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Avstraliya adliya va migratsiya vazirlari Maykl Kinan hamda Piter Dattonning qo‘shma bayonotida bu mamlakatda bir operatsiya davomida aniqlangan eng ko‘p miqdordagi kokain ekanligi bildirilgan.

“Operatsiya 2,5 yil davom etgan muassasalararo tekshiruv natijasi bo‘ldi. Unda Avstraliya federal politsiyasi, chegara xizmati va Yangi Zelandiya bojxona xizmati ishtirok etdi”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)