Parvarishlashdagi muntazamlik – muvaffaqiyat mezoni. Mashhurlarning ko‘pchiligi ish tig‘izligi bois haftalar davomida kosmetolog xizmatidan foydalanolmaydi va yuz terisidagi muammolarini 1 soat ichida hal etmoqchi bo‘ladi. Lekin buning hech iloji yo‘q. Chunki yuz terisi muntazam ravishda parvarishlashni talab qiladi. Bir haftada bir necha marta kosmetologga borish shart bo‘lmasa ham, har kuni yuz terisi uchun vaqt ajratish lozim.
SPF’ni haddidan oshirib yubormang
Yuqori SPF-faktorli vositalarni muntazam ravishda foydalanish oqibati pigment dog‘larni paydo qiluvchi kimyoviy reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Botoks – bir yarim yilda bir marta
Botoks – zahar, u organizmdan jigar orqali chiqib ketadi va unga juda katta zarar yetkazadi.
Lazerdan hech qachon foydalanmang!
Lazer nurlari terini o‘ldiradi. To‘g‘ri, ular yordamida ko‘pincha samarali va tezkor natijalarga erishiladi, lekin ular bartaraf qilib bo‘lmaydigan yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh (0)