Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” yozgi transferda ikki katta xaridni amalga oshiradi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Klub Madridning “Atletiko” klubidan Antuan Grizmanni olib keladi. Portugaliyada yetakchilik qilayotgan “Benfika” esa Viktor Lindelefni manchesterliklarga sotadi. Bu xaridlar uchun “Yunayted” 130 million funtdan kechishga tayyor. Bu taxminan 153 million yevroni tashkil qiladi.
Grizmanning o‘zi “Old Trafford”da to‘p surishga qarshi emas. Bu borada u jamoa bilan og‘zaki kelishuvga ham erishgani aytilgandi.
22 yoshli shved futbolchisi Lindelef esa yanvar oyidayoq “qizil iblislar” safiga yetib kelishi mumkin edi. Biroq uning ilk klubi “Vesteres” o‘zi oladigan konpensatsiya borasida “Benfika” bilan kelisha olmadi. Natijada futbolchining narxi 40 milliondan 50 millionga qarab o‘sib ketgandi.
Izoh (0)