Politsiya AQShning Kaliforniya shtati Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida tahsil oluvchi ikki talabani AQSh prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan talabani kaltaklaganlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, yigitlar universitet shaharchasi hududida Trampning “Amerika buyukligini qaytaramiz” saylovoldi shiori aks etgan qizil kepkada mashg‘ulotlarga borayotgan 21 yoshli Jek Palkovichga tashlangan.
Talaba ularning qo‘lidan chiqib, qochib ketishga erishgan. Unga hujum qilgan yigitlarni esa politsiya qo‘lga oldi. Boshqa talabalarning aksariyati Palkovichga nisbatan hujumni qoraladi.
Talabalarning aksariyati Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini tan olgan, biroq universitet har doim so‘z erkinligi va qarashlarni erkin ifodalashga hurmat ko‘rsatilishi bilan mashhur bo‘lganligi, shuning uchun ham siyosiy qarashlar tufayli kishiga hujum qilish nomaqbul ekanligini ta’kidlagan.
Palkovich universitetning Respublikachilar partiyasi tarafdorlari klubi a’zosidir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)