Afg‘onistonda politsiyaning 8 nafar xodimi terrorchi qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tolo News telekanaliga ko‘ra, o‘ldirilganlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan. “Tolibon” jangarisi Faryob viloyatidagi Gard-Marshkar qishlog‘ida avvaliga politsiyachilarni zaharlagan, so‘ng uyga kirib, ularga qarata o‘t ochgan.
Telekanal hujum uyushtirgan shaxs 15 kun avval huquq-tartibot xodimlariga taslim bo‘lganini bildirdi, biroq hodisa qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)