AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning katta qizi Maliya Amerikaning The Weinstein Company (TWC) kinostudiyasida pul to‘lanadigan malaka oshirish kursini o‘tamoqda, deb xabar beradi “TMZ.com”.
Portalda qayd etilishicha, Maliya loyihalar bo‘limida ssenariylarni o‘rganib chiqib, ularni film suratga olish uchun saralash bilan shug‘ullanmoqda. Uning amaliyoti bahorning so‘ngiga qadar davom etadi.
Taxminlarga ko‘ra, 18 yoshli Maliyaga bu xizmati uchun soatiga 9 dollar to‘lanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2016-yil Maliya maktabni yakunlab, Garvard universitetiga qabul qilindi, biroq o‘qishni boshlashdan avval “erkin yil” ta’tilini oldi. Maliya Garvarddagi ta’limni 2017-yil kuzida boshlaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)