Facebook ijtimoiy tarmog‘i Apple TV kabi TV-pristavkalar uchun o‘z videodasturini ishlab chiqmoqda. Kompaniya videodastur orqali o‘z litsenzion shousini namoyish etadi. Bu haqda Wall Street Journal ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Facebook dastur uchun shaxsiy kontentini yaratish maqsadida kinostudiyalar bilan muzokaralar olib borayotganligi ma’lum qilinmoqda. U esa o‘z navbatida reklama maydonchasi va kompaniya uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanadi.
Shu tariqa, ijtimoiy tarmoq Netflix va Amazon’ga o‘xshash shaxsiy videoservisini yaratishni rejalashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)