Facebook’ning 2016-yil uchun moliyaviy hisoboti e’lon qilingach, kompaniya aksiyalari qimmatlashdi va ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergga 3 milliard dollar keltirdi, deb yozadi “RBK”.
Shu tariqa, bir kecha-kunduzda Sukerbergning davlati deyarli 59 milliard dollargacha oshdi. Hisobot e’lon qilinishi fonida Facebook aksiyalari 2,66 foizga — 136,77 dollargacha qimmatlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya daromadi 27,64 milliard, sof daromadi esa 10,22 milliard dollardan iborat bo‘ldi. Shu tariqa, 2015-yil bilan taqqoslaganda, Facebook’ning sof foydasi 177 foizga oshdi.