Amerikaning Texas shtati Dallas shahri federal sudi maslahatchilari Facebook ijtimoiy tarmog‘iga tegishli Oculus kompaniyasini virtual reallik texnologiyasining videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi ZeniMax Media kompaniyasidan o‘g‘irlanganligi haqidagi, zarar summasi 500 million dollarga teng sud ishi bo‘yicha aybdor deb topdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Yanvar oyida Facebook asoschisi Mark Sukerberg sudda so‘zga chiqqan va intellektual mulkni o‘g‘irlash haqidagi ayblovlarni rad etib, “Oculus mahsulotlari Oculus texnologiyalariga asoslangan”ligini aytgan edi.
ZeniMax Media Oculus startapini 2014-yilda sudga bergan edi, o‘sha vaqtda Facebook uni sotib olishga harakat qilayotgan edi. ZeniMax Oculus’ni o‘z intellektual mulkidan noqonuniy ravishda foydalanganlikda aybladi.
Kompaniyaga qarshi da’vo qisman Oculus’ning Jon Karmek ismli dasturchisi va texnologiyalar bo‘yicha direktoriga tegishli. Karmek uzoq yillar davomida id Software kompaniyasida, uni ZeniMax sotib olguniga qadar ishlagan. Endi ZeniMax uni o‘z kompyuter kodini o‘g‘irlab, Oculus’ga yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda yordam berganlikda ayblamoqda.