Hindistonning Barmer okrugi rasmiylari hududdagi sanitar holatni yaxshilash bo‘yicha dastur sinovini yo‘lga qo‘ydi. Dastur doirasida jihozlangan hojatxonalardan muntazam foydalangan oilalarga 2,5 ming rupiy (37 dollar) miqdorida haq to‘lanadi, deb yozadi TJournal.
Hudud rahbari Sudxir Sharma mazkur tashabbus bilan chiqdi, uni Swachh Bharat (“Toza Hindiston”) jamoatchilik tashkiloti va qishloq tumanlarini rivojlantirish tashkiloti (Rural Development Organisation) a’zolari ham qo‘llab-quvvatladi.
Ikki qishloqda maxsus jamoatchilik hojatxonalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular oldida navbatchilar turadi. Har dushanba hojatxonaga muntazam tashrif buyuruvchi oila buni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim. Shundan so‘ng ushbu oilaga 2,5 ming rupiylik chek taqdim etiladi.
Tashabbusni sinovdan o‘tkazish davomida sakkizta oila dasturga amal qilganligi uchun haq oldi. Agar Barmer aholisining aksariyati hojatxonalardan foydalanish bo‘yicha yangi tizimga o‘tsa, sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha dastur boshqa hududlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)