Avstraliyada velosipedchilar mamlakat janubidagi Adelaida shahri yaqinidagi tepaliklarda sayr qilayotib, kenguruga duch keldi, deb xabar beradi “Newsru.com”.
Adelaidada yashovchi Piter Jeyms Roberts “Bugungi kechinma: kenguruning hujumi!!!” deb nomlangan videoyozuvni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joyladi.
“Videoni yozib olishda birorta hayvonga zarar yetmadi”, — deyiladi videoga qoldirilgan izohda. Video velosipedga o‘rnatilgan GoPro kamerasi orqali yozib olingan.
U kutilmaganda yo‘l bo‘yidagi butazordan otilib chiqib, velosipedchi Maykl Blendning boshi ustidan sakrab o‘tdi.
Kenguruning dumi yoki oyog‘i shlemimga ilinib qoldi.Maykl Blend, velosipedchi
Videoyozuvda kenguru haqiqatdan ham velosipedchiga tegib ketganligini ko‘rish mumkin. Biroq bu kenguruga harakatini muvaffaqiyatli yakunlash va shossening qarama-qarshi tomoniga o‘tib olishiga to‘sqinlik qilmadi. Bundan tashqari, velosipedchi ham biroz egilishga ulgurgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)