Amerikaning uchta shtati bosh prokurorlari AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya to‘g‘risidagi farmoniga qarshi sud da’vosiga qo‘shildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bunda gap Nyu-York shtati bosh prokurori Erik Shnayderman, shuningdek, Massachusets va Vashington shtatlari bosh prokurorlari Mora Xili va Bob Fergyusonlar haqida bormoqda.
Bosh prokurorlar fikricha, Trampning farmoni konstitutsiyaga zid va noqonuniydir.