Primorye shimolidagi Luchegorsk qishlog‘i yaqinida yosh yaralangan urg‘ochi yo‘lbars yordam kutib odamlar yoniga keldi, deb yozadi “TASS”.
Biroq uning hayotini saqlab qola olishmadi. Mutaxassislar hodisa joyiga yetib borgunga qadar yirtqich holsizlikdan halok bo‘ldi.
Hayvon atayin odamlar yoniga kelganligi taxmin qilinmoqda. Biroq panjalarining shikastlanganligi va muzlab qolganligi unga tirik qolish imkonini bermadi.
Urg‘ochi yo‘lbars 29-yanvarga o‘tar kechasi Luchegorskdan 60 kilometr masofada yog‘och materiallar tashiladigan yo‘ldan topilgan. U yo‘lga chiqib, yog‘och-taxta tashiydigan mashina pritsepi ostiga yashirinib olgan. Haydovchi uni ko‘rishi bilan Primorye o‘lkasi ovchilik nazorati departamentiga xabar bergan. Tezkor guruh 600 kilometrlik masofani bosib o‘tgunga qadar yo‘lbars halok bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)