O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 31-yanvar kuni Chexiya elchisi Yaroslav Siro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda mehmonga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari, fraksiyalari va deputatlik guruhi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Yaroslav Siro O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim davlat va Chexiyaning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan ekanini ta’kidladi.
Mazkur uchrashuv mamlakat rahbariyati va oliy qonunchilik organining kelajakda O‘zbekiston — Chexiya munosabatlarini, xususan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish va izchilligini ta’minlashga yuqori e’tibor qaratayotganidan darak beradi. Bu esa, o‘z navbatida, ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishda o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Yaroslav Siro, Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi
Izoh (0)