O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov 27-yanvar kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburgdagi V.Almazov nomli Shimoli-G‘arbiy federal tibbiy tadqiqot markaziga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Markaz saytining xabar berishicha, tashrif chog‘ida mazkur tibbiyot muassasasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Hujjatda klinik, profilaktik va eksperimental kardiologiya sohasida hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy-ta’limiy va tadqiqot muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)