Yaponiyaning Toyota avtokonserni 2016-yil butun dunyo bo‘yicha 10 million 175 ming avtomobil sotuvini amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya hisobotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Shu tariqa, Toyota sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha so‘nggi besh yilda ilk bor birinchi o‘rinni Germaniyaning Volkswagen Group konserniga boy berdi.
Germaniya kompaniyasi tomonidan 2016-yil 10,3 million dona avtomobil sotilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Toyotaning umumiy savdo hajmi 2016-yilda 0,2 foizga qisqargan.
Volkswagen Group konserni qator mashhur brendlar — Audi AG, Bentley Motors va Porsche’ni ham o‘z ichiga oladi, Toyota esa Daihatsu va Lexus markalariga egalik qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)