O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida 27-yanvar kuni Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Peter Santo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, elchini Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev qabul qilgan.
Uchrashuvda barcha sohalardagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini samarali amalga oshirish, jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy muammolar, ba’zi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Sodiq Safoyev 25—26-yanvar kunlari Rossiya, Xitoy va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchilarini qabul qilgan, 27-yanvar kuni esa Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)