Mali shimolidagi Kidal mintaqasi, Agelhok manzilida joylashgan BMTning mamlakatda barqarorlikni ta’minlash ko‘p tarmoqli kompleks missiyasi lageri o‘qqa tutildi, deb xabar beradi “TASS”.
Hodisa 23-yanvar, dushanba kuni sodir bo‘ldi. Missiya rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Koen Davidsega so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujum oqibatida bir tinchlikparvar halok bo‘ldi, yana 2 nafari og‘ir jarohat oldi.
Hujum qaysi kuchlar tomonidan uyushtirilganligi haqida ma’lumot berilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)