2016-yilning noyabrida NASA orbitaga GOES seriyasidagi yangi meteoyo‘ldoshni chiqargan edi. Ikki oy o‘tib, Yerga ilk yuqori sifatli fotosuratlar yuborildi, deb yozadi National Geographic.
GOES seriyasidagi sun’iy yo‘ldoshlar G‘arbiy yarim sharda atmosfera va yuza o‘lchamlarini olib borish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning asboblari avvalgi avlod qurilmalariga nisbatan besh karra tezroq ishlaydi va to‘rt marta kattaroq hajmga ega suratlarni oladi.
Yo‘ldosh yanvar oyida yuborgan ma’lumotlarning birinchi paketi yaqinda bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘irlar ta’siri ostidagi AQShning qit’a qismi, Afrika qirg‘oqlaridagi chang bo‘roni, Karib havzasidagi sayozliklar suratlarini o‘z ichiga oladi.
GOES Yerga uzatadigan axborot shunchaki chiroyli manzaralar bo‘lib qolmay, u ob-havoni prognoz qilish, bo‘ronlarni kuzatish, kosmik ob-havoni monitoring qilish va meteorologik tadqiqotlar uchun zarur.
Izoh (0)