Gambiya parlamenti o‘tgan haftada mamlakatning sobiq prezidenti Yahyo Jamme tomonidan joriy etilgan favqulodda holat tartibini bekor qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“Milliy assambleya tomonidan favqulodda holat tartibini bekor qilishni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi”, — deb ma’lum qildi parlament lideri, deputat Fabakari Tombong Jatta.
2016-yil 1-dekabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida mag‘lubiyatga uchragan, biroq o‘tgan haftadagina Adama Barrouga hokimiyatni topshirishga rozi bo‘lgan 51 yoshli Yahyo Jamme lavozimda qolish uchun favqulodda holat tartibidan foydalanishni mo‘ljallagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)