Fransiyaning “PSJ” klubi sharafini himoya qilayotgan Edinson Kavani 2016/17-yilgi mavsum davomida hammadan oldin 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda gap Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari haqida bormoqda.
Urugvaylik hujumchi Fransiya chempionatining 21-turida “Nant” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, 20 talik dovonga yetib oldi. Angliya, Ispaniya, Germaniya va Italiya chempionatlarida to‘purar bo‘lib turgan futbolchilar hozircha buning yaqiniga ham kela olmadi.
Dortmundning “Borussiya” klubi sharafini himoya qilayotgan Pyer-Emerik Obameyang 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Statistika borasida uning ko‘rsatkichlari Kavaniniki bilan bir xil, biroq o‘tkazgan o‘yinlari va tabiiyki, urgan gollari soni kamroq.
Milanning “Inter” klubi sharafini himoya qiladigan Mauro Ikardi hamda “Lion” a’zosi Aleksandr Lyakazett hozirgacha 15 tadan gol urishning uddasidan chiqa oldi.
Qiziq tomoni, to‘purarlar poygasida yetakchilik qilishi taxmin qilingan futbolchilarning aksari hozirgacha 14 ta gol urdi: Robert Levandovski, Diyego Kosta, Aleksis Sanches, Zlatan Ibrahimovich, Lionel Messi va Luis Suares. Krishtianu Ronaldu hisobida esa 12 ta gol bor.
Izoh (0)