Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida jahon reytingida 117-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga qarshi kortga chiqib, besh set natijasiga ko‘ra 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan keyin O‘zbekistonning 1-raketkasi musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l oldi. Quyida uchrashuvdan olingan fotolavhalar va videoni tomosha qilish mumkin.
30 yoshli tennischi nimchorak finalda bolgariyalik Grigor Dimitrov (15-raketka) va fransiyalik Rishar Gaske (18-raketka) uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin natijasidan qat’i nazar Istomin 165 ming dollar mukofot puliga va 90 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Mavzuga doir: Denis Istomin jahonning 2-raketkasi Novak Jokovichni qanday taslim qildi? (video)
Eslatib o‘tamiz,Denis Istomin birinchi davrada xorvatiyalik Ivan Dodichni 4 setda – 6:1, 6:4, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi davrada esa O‘zbekiston vakili dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichni sensatsion tarzda taslim qilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)