O‘zbekistonning real yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2017–2018-yillarda yiliga 6–7 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda S&P Global Ratings’ning “Bank sektorining tarmoq va mamlakatlar bo‘yicha tahdidlarini baholash: O‘zbekiston Respublikasi” nomli hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi UzDaily.
“‘Iqtisodiy disbalanslar’ komponenti bo‘yicha bahomizni qayta ko‘rib chiqqandan so‘ng biz O‘zbekistondagi iqtisodiy tahdidga nisbatan tendensiyani ‘barqaror’ deb baholaymiz. Joriy operatsiyalar hisobi profitsitining 0 foizdan biroz yuqori darajagacha qisqarishiga qaramay, bizning asosiy ssenariyda ko‘rsatkichning shu darajada barqarorlashuvini prognoz qilamiz”, — deyiladi agentlikning hisobotida.
“YaIM o‘sish sur’atlarining tushishi, aftidan, to‘xtaydi, real YaIM o‘sishi esa, kutilishicha, 2017–2018-yillarda yiliga 6–7 foizni tashkil qiladi. Fikrimizcha, nominal birlikda kreditlash o‘sishining yuqori sur’atlari ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, ammo biz o‘ylaymizki, ular umuman olganda nominal birlikda iqtisodiy o‘sish sur’atlariga muvofiq keladi va iqtisodiyotda ‘narx ko‘piklari’ning hosil bo‘lishiga olib kelmaydi”, — so‘zida davom etadi agentlik mutaxassislari.
“O‘zbekiston bank tizimida tarmoq tahdidlariga nisbatan tendensiyani ‘barqaror’ sifatida baholaymiz. Bizning fikrimizcha, regulyativ talablarning takomillashuvi, O‘zbekiston Markaziy bankining boshqaruv sifatini yaxshilash bo‘yicha choralari hamda kapital yetarliligiga talablarning qattiqqo‘llashtirilishi mamlakat bank tizimiga davlat aralashuvi darajasining oshishi bilan yo‘qqa chiqariladi”.
“O‘ylashimizcha, bank sektorida davlat ishtirokidagi banklarning ustunlik qilishi raqobatning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston banklarining fondlashtirilishi davlat moliyalashtirilishi hamda korporativ depozitlar hajmining oshishi munosabati bilan barqaror sifatida baholanadi. Shu bilan birga, biz chakana depozitlar o‘sish sur’atlarining tushishi hamda aktivlarning tez o‘sishi tufayli banklar kapitalizatsiyasi ko‘rsatkichlarining yomonlashuvini qayd qilamiz”, — ta’kidlaydi S&P Global Ratings.
Izoh (0)