Rossiya armiyasining askarlar dam oladigan xonalari yuqori tezlikdagi internet hamda multimedia texnik vositalari bilan jihozlanib, xizmatdagi askar va zobitlarning dam olishi va mazmunli vaqt o‘tkazishi ta’minlanadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu Rostov viloyatiga uyushtirgan inspeksion safari chog‘ida ko‘rsatma berdi, deb xabar qiladi “Rossiyskaya gazeta”.
“Harbiylarning dam olish joylarini tashkil etishda standartlar va yondashuvlarni o‘zgartirish, rasmiyatchilikdan qochish zarur. Bu yerda eng yangi texnologik vositalar bo‘lib, ular elektron kutubxonalardan foydalanish, askarlar va serjantlarga qarindoshlari va yaqinlari bilan internet-translyatsiya orqali bog‘lanish imkoniyatini berishi lozim”, — ma’lum qildi Shoygu.
Uning so‘zlariga qaraganda, harbiy xizmatchilarning dam olishi xilma-xil va yangiliklarga boy bo‘lishi darkor. Shunga qaramay, hordiq chiqarish uslublari qismlarning harbiy tayyorgarlik darajasiga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi lozim.
Izoh (0)