Oq Uy saytida AQSh yetakchisi Barak Obamaning xayrlashuv maktubi chop etildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Obama o‘z maktubida AQSh xalqiga “44-prezident bo‘lish sharafi” uchun minnatdorlik bildirdi.
“Sakkiz yil davomida siz men kuch olganim yaxshilik, matonat va umid manbai bo‘ldingiz”, — ta’kidladi bugun, 20-yanvar kuni mansabini topshirishi kutilayotgan davlat rahbari.
Maktub yakunida Obama “Amerika — bir kishining loyihasi emas”ligini ta’kidlab o‘tdi.
“Amerika demokratiyasidagi asosiy so‘z — ‘biz’”, — deyiladi maktubda.