2017-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish doirasida 2016-yil 9-dekabrda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomi sifatida, tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston va Yevroittifoqning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirish, shuningdek, Yevroittifoqning Markaziy Osiyo bilan yangi sheriklik strategiyasi amalga oshirilishining borishi va uning samaradorligini oshirish istiqbollari haqida ko‘rgazmali suhbat bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)