Xitoyning Guansi provinsiyasi Nannin shahri politsiyasi aksilgiyohvandlik bo‘linmasi zobiti Gan Kevey xizmatda charchash tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Xizmatdoshlarining ma’lum qilishicha, navbatdagi komandirovkadan so‘ng Kevey taklif etilgan dam olishdan voz kechib, yana ishga kirishib ketgan va uzoq kunlar davomida tinim bilmagan.
Kunlardan bir kun u hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, politsiyachi olamdan o‘tgan.
Izoh (0)