Qirg‘iziston poytaxtidagi “Manas” aeroporti yaqinida Boeing 747-400 yuk samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar mamlakatning turli mintaqalarida dafn etildi. Dafn marosimlari 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Jumladan, mamlakat FVVning ma’lum qilishicha, qurbonlar Chu, Norin, O‘sh, Jalolobod viloyatlarida, shuningdek, Bishkek shahrida yerga qo‘yildi.
Marosimlarda hukumatning viloyatdagi vakolatlari mansabdorlari ishtirok etdi. Ular qurbonlarning oila a’zolariga moddiy ko‘mak mablag‘larini topshirdi.
Butun mamlakatda halokat jabrlanuvchilariga gumanitar yordam ko‘rsatish punktlari ishlashda davom etmoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar soni 38 kishiga yetdi. Shularning to‘rt nafari ekipaj a’zolari, qolganlar esa samolyot qulagan uylarning egalari edi.
Izoh (0)