17-yanvar kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar beradi MSK matbuot xizmati.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi ayrim Senat a’zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatdi.
Shuningdek, majlisda Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Senat a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini 2017-yil 21-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Izoh (0)