• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tanzila Narbayeva: Bugun faqat hisobot tuzish yo‘li bilan ishlab bo‘lmaydi

    “Xalq so‘zi” muxbiri Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi oldida turgan eng dolzarb vazifalar nimalardan iborat ekanligi, tashkilot faoliyatining qaysi jihatlarini davr talabidan kelib chiqqan holda yangilash, rivojlantirish zarurligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, qo‘mita raisi Tanzila Narbayeva bilan suhbatlashdi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    — Tanzila Kamalovna, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ayni paytda mamlakat Bosh vazirining o‘rinbosari hisoblanishi davlat tomonidan xotin-qizlar masalasiga e’tibor namunasi bo‘lishi bilan birga, albatta, mazkur tashkilotga bo‘lgan katta ishonch hamdir. Hozirgi vaqtda mamlakat va jamiyat hayotida bo‘layotgan islohot va o‘zgarishlarda oldingizda turgan asosiy vazifalar haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

    — 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi barchamizga birdek mas’uliyat yuklaydi. Bugun raqam yig‘ib, faqat hisobot tuzish yo‘li bilan ishlab bo‘lmaydi. Har birimiz fuqarolarning o‘zi tanlagan sohadan mamnun bo‘lib ishlashi, uyiga ham xuddi shu kayfiyatda qaytishi, sirasini aytganda, har bir insonning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarining ta’minlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz darkor.

    Ushbu maqsadlarda oilalarga kirib borgan holda ular turmushi darajasini kompleks o‘rganishning tizimli mexanizmini yaratish asosiy maqsadlarimizdan biridir. Bu orqali har bir oila a’zosining ijtimoiy holati, salomatligi, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, bolalar tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, oila budjetini ko‘paytirish masalalari, bunda mazkur oila istiqomat qilayotgan hududdagi mahalla, ta’lim-tarbiya muassasasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, banklar va boshqa tashkilotlar hamkorligini chuqur o‘rganish ishlarini amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Eng muhimi, odamlar bilan muloqot intensiv va keng qamrovli bo‘lishi lozim.

    — Sizningcha, oilalar daromadlarini oshirishda qaysi sohalarga e’tiborni kuchaytirish kerak?

    — Avvalo, joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasanachilik asosidagi ish o‘rinlarini yaratish, kollej bitiruvchilarining o‘z ishini boshlashida ko‘maklashish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilishi zarur. Bunda tegishli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati uyg‘unligining ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, mamlakatimizda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun ham jamiyatda mavjud ijtimoiy masalalarni hal etishda samaradorlikka erishish, uning barqarorligi, rivojlanishi, unumli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga yo‘naltirilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

    — Ma’lumki, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mazkur jarayonda Xotin-qizlar qo‘mitasining o‘rni qanday?

    — Haqiqatan ham, ushbu masala davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xotin-qizlar qo‘mitasi bu borada, eng avvalo, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda yetakchi kuch bo‘lishi kerak. Chunki qaysiki oilada sog‘lom muhit shakllangan bo‘lsa, bu maskanda, albatta, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlik ham bo‘ladi. Bu jarayonda “Ta’lim muassasasi — oila — mahalla” hamkorligini tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz va talab darajasida ishlovchi hamkorlik mexanizmini yaratishimiz bugungi kun talabidir.

    Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishning yana bir muhim omili — xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish hisoblanadi. Bu borada ham birgina tadbir o‘tkazish bilan cheklanmasdan, mahallalarda, oilalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish masalasini kundalik ehtiyojga aylantirish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim. Bunda ko‘proq chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan opa-singillarimiz, uyushmagan aholi vakillariga e’tiborni kuchaytirsak, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    — Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ish olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari soni ko‘payib bormoqda. Bu tobora rivoj topayotgan fuqarolik jamiyatiga xos xususiyat, albatta. Biroq yana bir muhim jihat borki, bu ular faoliyatining sifati va samaradorligi masalasidir.

    — “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining hayotga tatbiq etilishi natijasida bugun ijtimoiy masalalar, shu jumladan, xotin-qizlar masalalarida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni ham ortib bormoqda. 2016-yilda bunday tashkilotlar soni 295 taga yetdi. Ularga davlat budjetidan muntazam grantlar ajratib kelinmoqda.

    Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishi, ularga davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratgan holda ajratilayotgan grant mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlashi, joylardagi muammolarni hal etishda ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirishi juda muhim.

    — Bugun davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan talablar davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirishni ham taqozo etadi. Shu xususda ham to‘xtalib o‘tsangiz.

    — Prezident tomonidan har bir tashkilot oldiga qo‘yilayotgan talablar ijrosida xotin-qizlar faolligi ham muhimdir. Chunki bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohalarda mehnat qilayotgan aholining yarmini xotin-qizlar tashkil etadi.

    Shu bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning ulushini oshirish ham dolzarb ahamiyatga egadir. Xususan, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda davlat tomonidan xotin-qizlar uchun belgilangan 30 foizlik kvotani bevosita salohiyatli rahbar ayollarni tayyorlash, jamiyat hayotida ular faolligini oshirish masalasiga ham tatbiq etilishi maqsadga muvofiq. Buning uchun zarur sharoitlarni yaratish, turli sohalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar salohiyatini kuchaytirishda bevosita qo‘mita faolligini kuchaytirish zarur.

    — Jamiyatimizda ko‘zga ko‘ringan taniqli ayollar, xususan, olima va ijodkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham rejangizdan o‘rin olganmi?

    — Bugungi kunda mamlakatimizda fan doktori ilmiy unvoniga ega bo‘lgan xotin-qizlar soni 510 dan ziyodni, fan nomzodlari — qariyb 5 ming nafarni, akademik ayollar soni 6 nafarni tashkil etmoqda. 15 nafar faol va ibratli ayollarimiz davlatimizning eng nufuzli mukofoti — “O‘zbekiston qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan.

    Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarimizning keyingi faoliyatini kuchaytirish, mamlakat kadrlar zaxirasini malakali mutaxassislar bilan boyitish ham diqqat markazimizda bo‘ladi. Ayni kunda bunday yuksak mukofotga sazovor bo‘lgan qizlarimiz soni 240 nafarga yetdi. Sovrindorlar orasida fan nomzodlari, turli sohalarda yetakchilik qilayotgan qizlar ham bor. Ularning 20 nafarga yaqini Prezident, Navoiy, Ibn Sino stipendiyalari sovrindorlari, 44 nafari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlaridir.

    Umuman aytganda, oqila, mehribon, fidoyi opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, hayotdan mamnun bo‘lib yashashlarini kafolatlash, ularning oiladagi o‘rni, jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish borasida Prezident tomonidan bizning oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, bunda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik munosabatlariga tayangan holda faol ish olib borishimiz maqsadga muvofiqdir.

    Ayniqsa, qizlar — bo‘lg‘usi onalarning yuksak ma’naviyatga, yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlarini ta’minlash, kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish ishlariga yanada jiddiyroq yondashishimiz zarur.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    17.01.2017, 15:34   Izoh (0)   15736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Boeing-747 halokati munosabati bilan Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

    17.01.2017, 15:19

    O‘zbekiston turoperatorlariga naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat berildi

    17.01.2017, 13:59

    “Faktura.uz”: barcha zarur hujjatlar — bitta dasturda

    17.01.2017, 10:43

    Toshkent viloyati IIB sayyor qabulxonasi O‘rtachirchiq tumanida bo‘ldi

    17.01.2017, 10:20

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktorining virtual qabulxonasi ochildi

    17.01.2017, 10:18

    Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushdi

    17.01.2017, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.