Pekinda Xitoy iyerogliflarini lotin harflari bilan yozish uchun pinyin tizimini yaratgan tilshunos Chjou Yuguan vafot etdi, deb yozadi Meduza.
Chjou Yuguan 111 yoshga to‘lgan kunidan bir kun o‘tib, 14-yanvarda vafot etdi.
U 1906-yilda dunyoga kelgan va Shanxayning Muqaddas Ioann universitetida ta’lim olgan edi. Shundan keyin u Nyu-York va Londonda bankir va iqtisodchi bo‘lib ishlagan.
1949-yilda Chjou Yuguan hukumatga kommunistlar kelgandan so‘ng Xitoyga qaytdi va iyerogliflarni lotin alifbosi bilan yozish imkonini beruvchi tizimni yaratish bilan shug‘ullana boshladi.
1958-yilda u ishlab chiqqan pinyin (xitoycha — Xitoy tili tovushlarining yozuvi) XXR hukumati tomonidan rasman tasdiqlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)