Saxalinda 15-yanvar, yakshanbaga o‘tar kechasi kuchli qor bo‘roni boshlandi. Noqulay ob-havo tufayli viloyat sport va yoshlar siyosati vazirligi Butunrossiya sport bayrami — Qor kunini nishonlashni bekor qilishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
“Noqulay ob-havo sharoitlari tufayli Butunrossiya qor kuni keyingi dam olish kunlariga ko‘chiriladi! Tadbir o‘tkaziladigan aniq sana biroz keyinroq ma’lum bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bayramni nishonlash doirasida “Tog‘ havosi” tog‘-chang‘i kurortida tog‘ chang‘isi va snoubord bo‘yicha musobaqalar va mahorat darslari o‘tkazilishi kerak edi. Juda kuchli shamol tufayli 15-yanvar kuni markaz yopildi.
Bungacha orol aholisi qishning yetarlicha qorli emasligidan shikoyat qilganligi ta’kidlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)