Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchi rasmiy Tehron vositachilar oltiligi bilan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni qayta ko‘rib chiqmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Rossiyskiy dialog” resursi xabar bermoqda.
Diplomatning fikriga ko‘ra, Eron bu masalada hech qanday muzokaralar o‘tkazib o‘tirmaydi.
2015-yilda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv rejasi ayni paytda amalga oshirilmoqda. Ammo o‘z saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Donald Tramp ko‘p bora dasturni tanqid ostiga olgan va uning bandlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi.
Izoh (0)