“Kommersant.uz” mablag‘ni aql bilan ishlatish, turli tovar va xizmatlarda tejab, bunda odatiy qulay shart-sharoitlardan voz kechmaslik haqida maqolalar silsilasini chop eta boshladi. Jumladan, sayt mualliflari Toshkent taksi xizmatlarida tejash yo‘llari bilan o‘rtoqlashdi.
Materialda taksi xizmatlarining “Ekonom” tariflariga ko‘ra narxlari tahlil qilindi.City Taxi
Taksi chaqirish — 200 33 30 va City Taxi mobil dasturi orqali.
5 kilometrgacha minimal narx — 7500 so‘m, har keyingi kilometr — 1500 so‘mdan.
Yetib kelish vaqti 5 daqiqadan boshlanadi. Bu odatda operatordan aniqlashtiriladi, mobil dastur orqali buyurtma qilinganida esa onlayn rejimida vaqt kuzatib boriladi.
Mijozni kutish daqiqasiga 350 so‘mdan hisoblanadi.
Qulayliklar — konditsioner, poytaxt mehmonlariga ingliz tilida gapiruvchi dispetcherlar xizmat ko‘rsatadi.
Kompaniya, shuningdek, korporativ tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Avtoparkdagi har bir mashina UzCard orqali hisob-kitob qilish uchun to‘lov terminallari bilan ta’minlangan.
Grand
Buyurtma faqat dispetcherlik xizmati orqali amalga oshiriladi — 244 08 08.3 kilometrgacha minimal narx — 6000 so‘m. Har keyingi kilometr 1000 so‘mdan narxlanadi.
Eng yaqin taksi mashinasining yetib kelish vaqti — taxminan 10 daqiqa. Agar haydovchi yo‘lni bilmasa va siz buni dispetcherga tushuntirishingizga to‘g‘ri kelsa, bu yanada ko‘proq vaqt olishi mumkin.
Kirakash sizni kutgan har bir daqiqasi uchun qo‘shimcha 350 so‘m oladi.
Qo‘shimcha xizmatlar — buksir, yetkazish, shahar chetiga chiqish. Zarur bo‘lganda, yo‘lda g‘ildirak almashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi. Narxlar buyurtma chog‘ida dispetcher bilan kelishiladi.
Qulayliklar — konditsioner/pechka. Yomon ob-havo bo‘lgan taqdirda narxga +25 foiz qo‘shiladi.
Xizmat uchun faqat naqd pulda haq to‘lanadi.MyTaxi
Taksi chaqirish — mobil dastur va My Taxi’ning mahalliy kioskalari orqali.
“Ekonom” tarifining minimal narxi — birinchi 5 kilometr uchun 6000 so‘m, keyingi har kilometr — 800 so‘m.
Taksi mashinasiga 5 daqiqa bepul kechikishingiz mumkin, keyingi har bir daqiqa uchun 300 so‘m to‘lanadi.
Mashinaning yetib kelish vaqtini mobil dastur kuzatib boradi, uning o‘zi sizga eng yaqin masofadagi avtoni yo‘llaydi. Odatda 5 daqiqadan ko‘p kutilmaydi. Tig‘iz soatlarda uzoq tumanlarga yetib borish vaqti 10 daqiqani tashkil etadi.
Qulayliklar — buyurtmaning oson shakli, avtoni tanlash mumkin (Nexia, Cobalt, Spark), avtomobil tez yetib keladi, GPS-navigatsiya, pechka, konditsioner, hisob-kitobning shaffof tizimi va safarlar detalizatsiyasi.
Hisob-kitob — naqd pul va Click tizimi.
Qo‘shimcha xizmatlar — MyTaxi Express yetkazish xizmati, avtomobilni haydab ketish, “Supermen” — avtomobilni kafolatli yetkazish. Xizmat tariflari:
“Yetkazish”: 5 kilometr — 8000 so‘m + har keyingi kilometr uchun 1000 so‘m;
“Supermen”: 5 kilometr — 10000 so‘m + har keyingi kilometr uchun 1000 so‘m;
“Haydab ketish”: 5 kilometr — 25000 so‘m + har keyingi kilometr uchun 2000 so‘m.“Perekryostok”
Taksi 200 77 66 telefon raqami orqali chaqiriladi.
3 kilometr uchun minimal narx — 6000 so‘m, har keyingi kilometr — 1200 so‘m.
Yetib ketish vaqti — 15 daqiqadan boshlanadi. Salbiy tomoni — dispetcher bilan doimiy gaplashishga to‘g‘ri keladi.
Kutish — daqiqasiga 350 so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar — texnik xizmat ko‘rsatish, bolalarni maktablar va bolalar bog‘chasiga olib borib kelish, aeroport va vokzalda kutib olish. G‘ildirak almashtirish (bir g‘ildirak uchun 8000 so‘m), yetkazma (3 kilometrgacha — 6000 so‘m, har keyingi kilometr uchun — 1500 so‘m), prikurivatel (25000 so‘m).
Hisob-kitob faqat naqd pulda amalga oshiriladi.Easy Taxi
Taksi chaqirish — 150 77 66, Telegram-bot — “Telegram.me/EasyTaxiUz_bot”.
5 kilometr uchun minimal narx — 6000 so‘m, har keyingi kilometr — 1200 so‘m.
Yetib kelish vaqti — 10 daqiqadan boshlanadi. 5 daqiqa kuttirish bepul, keyin — daqiqasiga 350 so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar:
— avtomobilni haydab ketish: 5 kilometrgacha — 30000 so‘m, har keyingi kilometr uchun — 1500 so‘m;
— shahar ichida shatakka olish 5 kilometrgacha — 30000 so‘m, har keyingi kilometr uchun — 1500 so‘m;
— prikurivatel — 25000 so‘m;
— yetkazish: 5 kilometrgacha — 10000 so‘m, har keyingi kilometr uchun — 1200 so‘m;
— qo‘lda yozuv bilan kutish (aeroport, vokzal): 1 soatgacha kutish — 30000 so‘m, undan oshig‘i — 350 so‘m/daqiqa.
Faqat naqd pul olinadi.
Mig
Taksi faqat dispetcher orqali chaqiriladi — 232 24 24.3 kilometrgacha minimal narx — 6000 so‘m, har keyingi kilometr uchun 900 so‘m.
Dispetcher orqali bo‘ladigan har qanday buyurtma kabi, juda uzoq kutishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun taksi mashinasini ancha oldindan aniq vaqtga buyurtirish kerak.
Haydovchi har kutgan 5 daqiqasi uchun 1800 so‘m oladi. Siz ikki daqiqa kechiksangiz ham, besh daqiqalik pul oladi.
Qo‘shimcha xizmatlardan — yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish, narxlar dispetcher bilan kelishiladi.
Hisob-kitob — faqat naqd pul bilan.Millennium
Taksi chaqirish — 129 55 55.
3 kilometr uchun minimal narx — 6000 so‘m, har keyingi kilometr — 900 so‘m.
Yetib kelish vaqti — 10 daqiqadan boshlanadi. Bunda ham dispetcher bilan uzoq suhbatlashishga to‘g‘ri keladi.
Uzoq tumanlarda yashaydiganlar uchun 3 kilometrlik minimum 7500 so‘mni, keyingi har kilometr 900 so‘mni tashkil etadi.
Haydovchi 10 daqiqa bepul kutadi, keyingi har daqiqa uchun 350 so‘m oladi.
Qo‘shimcha xizmatlar — yetkazma, aeroportda kutib olish.
Faqat naqd pul bilan to‘lov amalga oshirish mumkin.
052
Taksi chaqirish faqat dispetcherlik xizmati orqali — 1052.Minimal narx — 3 kilometr uchun 6000 so‘m, har keyingi kilometr uchun 800 so‘m.
Uzoq tumanlarda yashaydiganlarga +2000 so‘m.
Taksi yetib kelish vaqti — 10–15 daqiqa.
Haydovchi 5 daqiqa bepul kutadi, so‘ng har daqiqa uchun 1000 so‘m oladi.
Qo‘shimcha xizmatlar:
— yuk — 1500 so‘m;
— yetkazib berish — 2000 so‘m/kilometr;
— mashinani haydab olib borib berish: 3 kilometrgacha — 25000 so‘m, keyingi har kilometrga — 1000 so‘mdan.
Qulayliklar: konditsioner i pechka, safar narxiga 25 foiz ustama qo‘shiladi.
Hisob-kitob — naqd pulda, Click, PayMe orqali.“Perevozchik”
Taksi chaqirish — 200 77 07.
4 kilometrlik minimal tarif — 5 555 so‘m, keyingi har bir kilometr — 777 so‘mdan. Ammo amalda sizdan 5600 va 800 so‘mdan olinadi.
Taksi mashinasining yetib kelish vaqti — 10 daqiqadan boshlanadi.
Haydovchi 10 daqiqa bepul kutadi, keyingi har daqiqa — 250 so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar: yetkazib berish, bonus va chegirmalar tizimi, bolalarni maktab va bog‘chaga olib borib kelish, biznesga xizmat ko‘rsatish.
Hisob-kitob — naqd pul, pul o‘tkazish (korporativ mijozlar).
Alliance
Taksi chaqirish — 232 32 32.3 kilometrgacha yo‘l minimal tarifda — 6000 so‘m, har keyingi kilometr uchun 900 so‘mdan.
Taksi avtomobilining yetib kelish vaqti — 10 daqiqa.
Kutish — soatiga 21000 so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar ko‘zda tutilmagan.
“Ekonom” tarifida qulayliklar yo‘q.
Naqd pul bilan hisob-kitob qilinadi.
Shuningdek, muallif 10 kilometr uchun har bir servis oladigan pulni qiyoslab ko‘rdi.
Unga ko‘ra, MyTaxi va “Perevozchik” kompaniyalarining xizmati nisbatan arzonroq bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)