Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 29 ta umumta’lim maktablarining 1-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilari qishki ta’til kunlarini samarali o‘tkazish maqsadida “Kitob samimiy va sodiq do‘stimiz” shiori ostida “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasiga jalb qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “Kitob olami” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’til kunlari oz fursat davom etsada, lekin 2500 dan ortiq o‘quvchilar ma’naviyat maskaniga tashrif buyurib, ta’tilni kitoblar bilan hamohang tarzda o‘tkazdi. Ziyo maskaniga tashrif buyurgan ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, kutubxona xodimlari, ustozlar hamda o‘quvchilar majmuadagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, tarix, sport, jahon adabiyoti hamda bolalar adabiyotlari, shuningdek “Yosh kitobxonlar” klubi bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarigi atroflicha javoblar oldi.
Yosh kitobxonlar yoqtirgan kitoblarini xarid qildi.
Izoh (0)