Germaniyaning eng yirik banklaridan biri — Deutsche Bank rahbariyati xodimlariga WhatsApp, Google Talk va iMessage orqali yozishmalar olib borishni taqiqladi. Bunga sabab sifatida korporativ telefonlardan foydalanganda xavfsizlik darajasini oshirish zarurati ko‘rsatildi, deb xabar beradi TJournal.
Bloomberg’ning kompaniya ichida tarqatilgan maktubga tayanib bildirishicha, bank matn shaklidagi xabarlarni shifrlab bo‘lmagani uchun shunday qaror qabul qilgan.
Murojaatda aytilishicha, taqiq xodimlarning shaxsiy telefonini ham qamrab oladi.
2015-yil sentabrida Deutsche Bank mijozlaridan biriga adashib 6 milliard dollar yuborgan edi. Buning natijasida janjal kelib chiqqani bois kompaniya xavfsizlik darajasini oshirishga ko‘p e’tibor qaratmoqda.
Izoh (0)