Daniyaning Orxus shahrida istiqomat qiluvchi Matilda Broberg vaznining yarmini yo‘qotishga erishdi va modellik biznesi bilan shug‘ullana boshladi. Bu haqda Daily Mail ma’lum qilmoqda.
Matilda Brobergning vazni 120 kilogramm edi. Qiz muntazam ravishda kaloriyasi yuqori taomlar va turli shirinliklarni tanovul qilar edi. U odamlar bilan muloqot qilishda noqulaylik his qilib, begonalar va do‘stlaridan uyala boshlagandan keyin ozishga qaror qildi.
Broberg to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga o‘tdi va sutkasiga 3,5 ming kaloriyadan ortig‘ini o‘ziga taqiqladi. Shuningdek, sportzalda shug‘ullana boshladi. To‘rt yil davomida daniyalik qiz 63 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi.
Endi 21 yoshli Broberg fitnes bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi, shuningdek, reklama, zamonaviy va sport jurnallari uchun suratga tushadi.
“Agar uch yil avval kimdir murabbiy va manekenchi bo‘lishimni aytganda buning ustidan kulib qo‘ya qolgan bo‘lardim”, — deydi u.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)