Rossiya, Turkiya va Eron diplomatlari Moskvada maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Ostonada bo‘lib o‘tadigan Suriya tomonlari o‘rtasidagi muzokara maslahatlashuvlarning asosiy mavzusi bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Uchrashuv 23-yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Tomonlar mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Maslahatlashuvlarning ochilish marosimida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chiqish qildi.
Bir muddat ilgari Suriya prezidenti Bashar Asad Ostonada muxolifat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh (0)